Mirziyoyev kelasi oyda Yevropaga borishi kutilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oktyabr oyida Belgiya poytaxti Bryusselga borishi kutilmoqda. Bu haqda Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshtaning O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan tabrigida сўз boradi.

“Siz bilan 2025 yil 24 oktyabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni intiqlik bilan kutaman, u yerda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi munosabati bilan fikr almashishni davom ettirish imkoniga ega bo‘lamiz”, deb yozgan Koshta.

Shuningdek, u joriy yil aprel oyida Samarqandda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” birinchi sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv, shuningdek, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligini his etish baxtiga muyassar bo‘lgani haqida ajoyib xotiralar saqlanib qolganini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 aprel kuni Samarqanddagi Kongress markazida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti bo‘lib o‘tgandi. Sammitda Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov qatnashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Evropa Antoniu Koshta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing