Mirziyoyev Erdo‘g‘anning qasamyodida qatnashishi rasman tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 3 iyun kuni Anqara shahrida Turkiya Prezidentining lavozimga kirishishi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Tashkilotchilar qayd etishicha, inauguratsiya marosimida dunyoning 70 dan ziyod mamlakatidan davlat va hukumat rahbarlari, rasmiy delegatsiyalar va oliy martabali mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Prezidenti o‘zining g‘alabasini xorijlik mehmonlar bilan nishonlashi kutilayotgani aytilgandi. Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ham inauguratsiya marosimida qatnashish uchun Turkiyaga taklif etilgani ma’lum qilindi. Rossiya tomonidan esa inauguratsiyada Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing