Mirziyoyev “Dok-1 Maks” mashmashasidan xabar topdi. Bir kishi ishdan olindi
Jamiyat
−
30 dekabr 2022
18180O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’muriy islohotlar doirasida yangi tayinlangan va amaldagi Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning ustuvor vazifalarini belgilash, Hukumatning ishlash tizimi va uslubini o‘zgartirish, mas’uliyati va javobgarligini tubdan oshirish masalalari, shuningdek, tarmoq va sohalarda islohotlarni amalga oshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, xalqni rozi qilish va odamlar turmush sifatini yuksaltirish bo‘yicha 2023 yilgi eng muhim yo‘nalishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Prezident Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbarini ishdan oldi.
Ayni daqiqalarda o‘tayotgan yig‘ilishda davlat rahbari sog‘liqni saqlash sohasiga to‘xtalib, "Dok-1 Maks" preparatini qabul qilish oqibatida bolalar hayotdan ko‘z yumgani bilan bog‘liq vaziyatni qattiq tanqid qildi.
“Samarqand va Qashqadaryodagi bolalar o‘limi sohada ishlar ahvolini, nazorat yo‘qligini ko‘rsatdi. Bugun Farmatsevtika agentligi rahbari Kariyevni ishdan oldim. Bunga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarning hammasi qonun oldida javob beradi!”, deydi Prezident.
LiveBarchasi