Kurs UZS

USD

12 973.31

12.93

EUR

14 329.02

176.29

RUB

151.19

-0.73

Mirziyoyev Belarusning SHHTga a’zo bo‘lishini ma’qulladi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarusning Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlat maqomini olish bo‘yicha majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hujjat milliy qonunchilik ma’lumotlar bazasi saytida e’lon qilindi.

“Belarus Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat maqomini olish bo‘yicha majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum tasdiqlansin”, deyiladi O‘zbekiston rahbari qarori matnida. 

Hujjatga muvofiq, TIV SHHT kotibiyatiga respublika xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun ichki davlat tartib-qoidalarini bajarayotgani to‘g‘risida bildirishnoma yuborishi belgilangan.

Shavkat Mirziyoyev Lukashenko bilan uchrashdi north_east

Shavkat Mirziyoyev Lukashenko bilan uchrashdi

Qayd etish joizki, SHHTda kuzatuvchi maqomida bo‘lgan Belarus 2022 yil iyul oyida ushbu tashkilotning to‘laqonli a’zosi maqomi uchun ariza bergan. Oradan bir yil o‘tib, tashkilotning virtual tarzda bo‘lib o‘tgan sammitida to‘liq a’zo maqomini olish borasida majburiyat memorandumi imzolangan.

Ma’lumot uchun, SHHT 2001 yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot bo‘lib, unga Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlatlar, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka hamkor davlatlar hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Eronning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha so‘rovini ma’qullangandi. 4 iyul kuni Hindiston raisligida virtual tarzda o‘tgan tashkilotning 23-sammitida Eron rasman SHHTga a’zo bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston ShHT Belarus'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing