Minnixonov to‘rtinchi bor Tatariston rahbari etib saylandi
Olam
−
15 Sentabr 2536 1 daqiqa
Tataristonning amaldagi rahbari Rustam Minnixonov 88,22 foiz ovoz bilan respublika uchun rahbarlik saylovida g‘alaba qozondi. Bunday ma’lumotlar bugun, 15 sentyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan bayonnomalarning 97,1 foizi hiblab chiqilgach, e’lon qilindi.
Respublika rahbari lavozimiga Tatariston Davlat kengashi deputati Xafiz Mirgalimov (CPRF), Rossiya nafaqaxo‘rlar partiyasining ijtimoiy adolat uchun vakili Vitaliy Smirnov va LDPR nomzodi Ruslan Yusupov ham da’vogarlik qildi.
Minnixonov 68 yoshda. U 2010 yildan beri Tataristonni boshqarib keladi va ikki marta: 2015 va 2020 yillarda qayta saylangan. Bungacha u respublika Bosh vaziri lavozimida ishlagan (2005-2010).
2023 yil yanvar oyida Tatariston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritildi, shundan so‘ng rahbar lavozimi rasman “rais” deb nomlandi. Ilgari Rossiya Rederatsiyasi tarkibidagi mintaqalar rahbarlarining vakolat muddati ketma-ket ikkita bilan cheklangan bo‘lsa, 2021 yilda bu cheklov bekor qilindi.
Live
Barchasi