Minglab muxlislar Messi ovqatlanayotgan restoranni qurshab oldi (video)
Sport
−
22 mart 2023 14634 1 daqiqa
FIFA kunlari doirasida ko‘pgina futbol yulduzlari terma jamoalar ixtiyorida bo‘lib turibdi. Argentina terma jamoasidagi mashg‘ulotdan so‘ng Messi Buenos-Ayresdagi restoranlardan birida oilasi bilan kechki ovqatni o‘tkazishga qaror qildi va bu restoranda yirik olomonning to‘planishiga sabab bo‘ldi.
Minglab muxlislar Argentina terma jamoasi sardorini ko‘rish va u bilan suratga tushish uchun restoranni o‘rab oldi.
Qayd etilishicha, PSJning 35 yoshli hujumchisi Lionel Messi o‘z vatanida Panamaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida qatnashishi kutilmoqda.
Argentina – Panama uchrashuvi 24 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi PSJ bosh murabbiyi bilan kelisholmagani bois klub mashg‘ulotlarini erta yakunlagani xabar qilingandi. Leoning Fransiya klubidagi kelajagi hamon noma’lumligicha qolmoqda.