Kurs UZS

USD

12 925.20

-11.96

EUR

13 982.48

45.28

RUB

152.58

-1.97

Millatlar ligasi: Fransiya ketma-ket uchinchi marta ochko yo‘qotdi

Sport

image

Kecha, 10 iyun kuni Yevropa Millatlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning o‘tgan mavsumdagi g‘olibi Fransiya terma jamoasi Avstriya maydoniga safar qildi va kutilmaganda 1:1 hisobida durrang natija qayd etdi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida Vaymann Avstriya milliy jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng, fransuzlar bahs nazoratini qo‘lga oldi va o‘z baxtini hujumda izladi. Biroq Benzema va sheriklaring harakatlariga biroz aniqlik yetishmadi. Faqatgina 83-daqiqaga kelib, Kilian Mbappe oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Shu tariqa, o‘yinda hisob boshqa o‘zgarmadi va fransuzlar ketma-ket uchinchi durranggini qayd etib, Millatlar ligasining "A" guruhida so‘nggi pog‘onaga tushib ketdi.

Kunning yana bir qiziqarli kechgan bahsida Xorvatiya terma jamoasi Daniya terma jamoasi maydoniga safar qilib, 69-daqiqada Pashalich tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba bilan ortiga qaytdi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Millatlar ligasi

Baholaganlar

35

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing