“Milan” Ibragimovichga hozirgidan qariyb 3 baravar kam maoshli shartnoma taklif qildi
Sport
−
24 mart 2022 4604 1 daqiqa
“Milan” Zlatan Ibragimovichga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
Italiyaning “Milan” futbol klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovichga yiliga 2,5 million yevro maosh evaziga yangi shartnoma taklif qiladi. Bu haqda jurnalist, insayder Nikola Skira xabar berdi
Jurnalist Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, aprel oyi oxirida “rossonerilar” 40 yoshli shved bilan muzokara olib borishni va unga 2,5 million yevro maosh va bonuslar bilan yangi bir yillik shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Hozirda Ibragimovich har mavsumda 7 million maosh oladi.
Ma’lumot o‘rnida, Zlatan Ibragimovich “Milan” safida Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust