“Milan” futbolchisi jiddiy jarohat sabab shifoxonaga yotqizildi
Sport
−
23 fevral 1254 1 daqiqa
Kecha, 22 fevral kuni “Milan” jamoasi yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik Italiya A Seriyasi 26-turi doirasidagi “Parma”ga qarshi uchrashuvida jiddiy jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “sky Sport” xabar berdi.
30 yoshli angliyalik futbolchi uchrashuvning 10 daqiqasida raqib darvozaboni Edoardo Korvi bilan to‘qnashuv oqibatida jiddiy jarohat olgandi va oqibatda yuzi qonga belangandi. Tibbiyot xodimlari maydonda tezkor yordam ko‘rsatib, uni bo‘yni va boshi bog‘langan holda zambilda olib ketdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi hozirda shifoxonaga yotqizilgan.
Manbaga ko‘ra, Loftus-Chikka tishlar sinishi tashxisi qo‘yilgan, shuningdek shifokorlar miya travmatik shikastlanishi ehtimolini ham tekshirmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Loftus-Chik 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning jamoasi esa hozirda A Seriya turnir jadvalida 54 ochko jamg‘argan holda 2-pog‘onani egallab turibdi.