Migratsiya agentligi Rossiya Iqtisodiyot vaziri o‘zbekistonlik migrantlar sonini oshirib ko‘rsatganini ma’lum qildi
Jamiyat
−
29 aprel 2023
7854Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Reshetnikov Toshkentda o‘tkazilgan ikkinchi Xalqaro investitsiya forumida Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari soni yetti yilda to‘rt baravar oshganini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Reshetnikovning gaplari asosga ega emasligini, raqamlar oshirib ko‘rsatilganini ma’lum qildi.
Garchi agentlikning munosabatida “qator ommaviy axborot vositalarida” tarqalgan xabarga raddiya berilgan va Maksim Reshetnikovning gaplaridan iqtibos keltirilmagan bo‘lsada, munosabat aynan Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirining Toshkentdagi forumda aytgan gaplariga nisbatan berilgan.
Agentlikning ma’lum qilishicha, Rossiyaga ishlash uchun boruvchi fuqarolar soni mavsumga qarab o‘zgaradi. Bunda xorijda ishlayotgan o‘zbekistonlik migrantlarning asosiy qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelsada, ularning soni yetti yilda to‘rt baravarga oshmagan. Taqdim etilgan statistikaga ko‘ra, Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonlik migrantlar soni 2016 yilda taxminan 2 million nafar bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda bu miqdor 1,5 millionga tushgan. Ya’ni mehnat muhojirlari soni Reshetnikov aytganidek 7 yilda to‘rt baravar ko‘payish o‘rniga, aksincha, 25 foizga kamaygan.
LiveBarchasi