Microsoft barcha sun’iy intellekt ishlanmalarini birlashtirdi
Olam
−
25 Sentabr 2023 3864 1 daqiqa
Microsoft Nyu-Yorkdagi taqdimotida barcha sun’iy intellekt ishlanmalari – GitHub platformasi, Microsoft 365 mahsulotlari, Edge brauzeri va Bing qidiruv tizimini yagona “Microsoft Copilot” nomi ostida birlashtirganini e’lon qildi. Bu haqda vc.ru xabar berdi.
Qayd etilishicha, Microsoft Copilot’dan mustaqil dastur va funksiya sifatida sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosish yoki tezkor chaqiruv buyrug‘i orqali foydalanish mumkin bo‘ladi.
Birinchi Copilot funksiyalari joriy yilning 26 sentyabrida taqdim etilishi belgilangan Windows 11’da tekin yangilanish bilan paydo bo‘ladi. Chatbotdagi sun’iy intellekt matn va ovoz bilan boshqariladi.
Masalan, tizimdan qorong‘i “tema”ni yoqish, Spotify’da mos pleylistni olish uchun diqqatni jamlovchi musiqani topish yoki ochiq oynalarni tartibga solishda undan yordam berishni so‘rash mumkin.
Boshqa yangilanishlar fonni olib tashlash va Paint muharririda qatlamlar yaratish imkoniyatini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, o‘rnatilgan “aqlli” Cocreator yordamchisiga biror narsani tasvirlash orqali o‘ziga xos uslubni ham tanlash mumkin. Shundan so‘ng, neyron tarmoq foydalanuvchiga tanlash uchun bir nechta variantni taklif qiladi.
Akobir Sayidov
Live
Barchasi