Meyvezer ayni vaqtda dunyoning eng yaxshi bokschisi kim ekanini aytdi

Sport

image

47 yoshli boks bo‘yicha beshta vazn toifasida (ikkinchi engil vazn, birinchi yarim o‘rta vazn, yarim o‘rta vazn va o‘rta vazn) amerikalik sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer vazn toifasidan qat’i nazar, ayni damda Terens Kroufordni dunyoning eng yaxshi bokschi deb hisoblaydi. Bu haqda Meyvezer “Give me Sport”ga bergan intervyusida aytdi.

“Menimcha, Terens Krouford hozirda dunyodagi eng yaxshi bokschi. U o‘z karerasining cho‘qqisida. Uning ajoyib jamoasi bor. Bu borada hammamiz o‘z fikrimizga egamiz”, deydi Meyvezer.

Ma’lumot uchun, Krouford 2008 yilda professional boksda debyut qilgan. Uning rekordi 41 ta g‘alaba, shulardan 31 tasi nokaut bilan yakunlagan, bokschi profboksda biror marta mag‘lubiyatga uchramagan. Ayni paytda 37 yoshli amerikalik sportchi yarim o‘rta vazn toifasida WBC, WBA Super va “The Ring” kamarlariga ega.

Qayd etish joiz, 37 yoshli Krouford oxirgini jangini o‘tgan yili avgust oyida o‘zbekistonlik Isroil Madrimovga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongandi.


Maqola muallifi

Teglar

Floyd Meyvezer Terens Krouford

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing