Messi yangi klubida qachon ilk o‘yinini o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
21 iyun 2023 7907 1 daqiqa
Argentinalik hujumchi Lionel Messi 21 iyul kuni AQSHning “Inter Mayami” klubida debyut o‘yinini o‘tkazadi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi Ligalar kubogi turniri guruh bosqichida Meksikaning “Kruz Asul” jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda.
Joriy yilning 3 iyun kunida PSJ argentinalik futbolchining ketishini e’lon qildi. Ortda qolgan mavsumda hujumchi parijliklar safida 38 uchrashuvda 20 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, 20 iyun kuni argentinalik murabbiy Xerardo Martino “Inter Mayami” murabbiylik postiga olib kelinishi xabar qilingandi. Argentinalik mutaxassis iyul oyi boshida Amerika klubi safiga kelib qo‘shiladi, chunki aynan iyul oyida Martinoning ish vizasi berilishi kutilmoqda.
Live
Barchasi