Messi terma jamoada qoladimi? AFA prezidenti javob berdi
Sport
−
11:21 1564 2 daqiqa
Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapiya Lionel Messining milliy terma jamoadagi kelajagi va faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda u 442 nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Bu faqat uning shaxsiy qarori. Biz uni xotirjam qo‘yishimiz kerak. 2022 yilda uning 2026 yilgi Jahon chempionatida o‘ynashini bilmas edik. U har bir o‘yindan keyin vaziyatga baho berishimiz kerakligini aytgandi. Menimcha, Jahon chempionatida biz Leoning ajoyib, balki eng yaxshi versiyasini ko‘rdik. Biz unga futboldan zavqlanishda davom etish imkonini berishimiz, keyin esa o‘zi to‘g‘ri deb hisoblagan qarorni qabul qilishiga qo‘yib berishimiz kerak”, deydi Tapiya.
AFA rahbari Messining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtirokini ham yuqori baholadi.
“Bu Leo uchun ajoyib Jahon chempionati bo‘ldi. Biz uning o‘yinidan juda zavqlandik va u bilan faxrlanishimiz kerak. Men har bir lahzadan zavq oldim. U, shubhasiz, Jahon chempionatida jamoamizning yetakchisi edi.
Agar uning o‘yinini tahlil qilsangiz, men uchun u turnirning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. U deyarli har bir o‘yinda yangi rekordlarni o‘rnatdi”, deya qo‘shimcha qildi Tapiya.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi Argentina terma jamoasida boshqa o‘ynamasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq futbolchining o‘zi hozircha milliy jamoadagi kelajagi borasida rasmiy bayonot bermagan.
Live
Barchasi