Messi penta-trikdan so‘ng muxlislarga murojaat qildi
Sport
−
06 iyun 2022 6032 1 daqiqa
Argentinalik 34 yoshli futbolchi Lionel Messi Estoniyaga qarshi o‘yinda penta-trik qayd etganidan so‘ng muxlislarga murojaat qildi va ularga minnatdorlik bildirdi. Messi bu haqda Instagram'dagi sahifasida yozib qoldirgan.
“Biz bu yilgi mavsumni bundan yaxshiroq yakunlay olmasdik. “Finalissima”da g‘alaba qozondik va kecha jahon chempionatiga tayyorgarlik uchun Estoniyaga qarshi uchrashuvda ajoyib futbol namoyish qildik. Stadionga kelgan barcha muxlislarga va bizni uzoqdan kuzatib kelayotganlarga katta rahmat aytmoqchiman. Biz bir necha kun dam olamiz va tez orada qaytamiz! Hammangizni yaxshi ko‘raman”, degan Messi.
Avvalroq, Messi faoliyati davomida 30-milliy terma jamoa darvozasiga gol urgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot o‘rnida, Messi PSJga 2021 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan mavsumda argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv kelasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Parij klubiga qadar Messi butun faoliyatini Ispaniyaning “Barselona” klubida o‘tkazgan.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
Barchasi