Mers va Modi Hindistonda varrak uchirdi (video)
Olam
−
12:36 930 1 daqiqa
Ilk bor Hindistonga rasmiy tashrif buyurgan Germaniya kansleri Fridrix Mers kecha, 12 yanvar kuni Ahmadobod shahridagi Sabarmati daryosi bo‘yida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan Xalqaro varrak festivalida ishtirok etdi. Modi Germaniya kanslerini rasman o‘sha yerda kutib oldi. Bu haqda “Times of India” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbirning ochilish marosimi, Germaniya va Hindiston rahbarlari Mahatma Gandining mashhur markazlaridan biri bo‘lgan Sabarmati Ashramiga tashrif buyurganlaridan keyin bo‘lib o‘tgan. Yetakchilar tadbir davomida ochiq transport vositasida sayr qilgan va varrak uchirib, tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, ular Mahatma Gandiga ham hurmat bajo keltirgan.
Tadbirda Ahmadobodning Unesco jahon merosi ro‘yxatidagi Walled City hududidagi an’anaviy “pol” (kichik mahalla)ning hayotiy o‘lchamdagi nusxasi yaratilgan. Hindiston Bosh vaziri kanslerni “pol” bo‘ylab aylantirgan, varrak yasash hunarini ham namoyish etgan va Hindistonda varrak uchirish tarixini eksponatlar, dioramalar va hunarmandlarning jonli namoyishlari orqali ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning dekabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham 2021 yildan beri birinchi marta Hindistonga tashrif buyurgandi.
Live
Barchasi