Mers Starmerdan “o‘rnak olishga” va iste’foga chiqishga chaqirildi
Olam
−
22 iyun 3308 1 daqiqa
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer iste’foga chiqishini e’lon qilganidan so‘ng Germaniya kansleri Fridrix Mersga ham xuddi shunday yo‘l tutish taklifi bilan murojaat qilindi. Bunday taklif muxolifatdagi o‘ng qanot “Germaniya uchun alternativa” (AfD) partiyasi tomonidan e’lon qilindi.
Partiya o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Buyuk Britaniya bosh vazirining iste’fosi haqidagi yangilik sarlavhasi va “Mers Starmerdan o‘rnak olishi kerak” degan yozuv tushirilgan suratni joylashtirgan.
“O‘z xalqining manfaatlarini inkor etuvchi kimsa yakunda hamisha mag‘lubiyatga uchraydi. Germaniyadagi siyosiy elita qachon bu xulosaga keladi?” deyiladi surat tavsifida.
Qayd etilishicha, AfD’dan Bundestag deputati Markus Fronmayer bundan avvalroq Mers boshchiligidagi amaldagi hukumat koalitsiyasi mashhurligi pasayib borayotgani fonida, kelasi yildayoq Germaniyada muddatidan oldin federal saylovlar o‘tkazilishi mumkinligini istisno qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 22 iyun kuni Kir Starmer Leyboristlar partiyasi yetakchisi lavozimidan ketish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi. Leyboristlar yetakchiligiga nomzodlarni ko‘rsatish joriy yilning 9 iyul kuni boshlanadi va parlamentning yozgi ta’tiligacha yakunlanadi.
Live
Barchasi