Meliqo‘ziyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi aniq bo‘ldi
Sport
−
16 sentabr 2023 8014 1 daqiqa
O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangini amerikalik Alantez Foksga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda Meliqo‘ziyev o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Meliqo‘ziyev-Foks jangi 7 oktyabr kuni Las-Vegas shahridagi “Cosmopolitan” arenasida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksda umumiy 12 ta jang o‘tkazib, to‘qnashuvlarning 11 tasida zafar quchgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. 31 yoshli Foks esa profringda 28 ta g‘alaba qayd etgan, 4 marta mag‘lubiyatga uchragan. Amerikalik charm qo‘lqop ustasi 1 ta jangida durangga imzo chekkan.
O‘zbekistonlik bokschi oxirgi jangini yana bir amerikalik sportchi Gabriel Rosadoga qarshi o‘tkazib g‘alabaga erishgandi. Alantez esa oxirgi jangida kanadalik Erik Bazinyanga yutqazgan.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr