Medvedev Zelenskiyni o‘ldirish bilan tahdid qildi
Olam
−
04 may 2023 17858 1 daqiqa
Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Kremlga noma’lum dronlarning hujumi fonida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni o‘ldirishga chaqirdi. Bu haqda u kecha, 3 may kuni o‘zining Telegram kanalida yozdi.
“Bugungi teraktdan keyin Zelenskiy va uning kabinasini jismonan yo‘q qilishdan boshqa chora qolmadi. U hatto so‘zsiz taslim bo‘lish to‘g‘risidagi aktni imzolashda ham kerak emas. Gitler ham uni imzolamagan. Har doim o‘rinbosar topiladi”, degan Medvedev.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 mayga o‘tar kechasi Rossiya Prezidentining qarorgohiga dronlar bilan zarba berishga urinish bo‘lgandi. Ikkita dron Kremlni nishonga olishga qaratilgani, harbiylar va maxsus xizmatlarning o‘z vaqtida ko‘rgan harakatlari natijasida qurilmalar zararsizlantirilgan ta’kidlandi. Hujum oqibatida Putin jabrlanmaganini ma’lum qilindi. Rossiya bu harakatda Ukrainani aybladi. Zelenskiyning matbuot kotibi Ukrainaning Kremldagi hujumga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi. Prezident Zelenskiy Ukraina o‘z hududida jang olib borayotgani va o‘z hududini Rossiyadan himoya qilayotganini aytdi.