MDH davlatlar sun’iy intellektdan foydalanish borasida fikr almashdi
Olam
−
08 dekabr 2023 4922 1 daqiqa
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo mamlakatlar vakillari tashqi siyosatni axborot bilan ta’minlash vositasi sifatida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish masalasini muhokama qildi. Bu haqda Minskda MDH Ijroiya qo‘mitasida Hamdo‘stlik davlatlari diplomatik departamentlari axborot xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha Belarus TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Uchrashuvning alohida mavzusi tashqi siyosatni axborot bilan ta’minlashning yangi vositalari, jumladan, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
7 va 8 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan maslahatlashuvlar chog‘ida Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, O‘zbekiston diplomatik departamentlari, MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari, shuningdek, Tojikiston va Turkmanistonning Minskdagi elchixonalari diplomatlari geosiyosiy keskinlik sharoitida tashqi siyosatni axborot bilan ta’minlash va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash masalalari yuzasidan fikr va amaliy tajriba almashgan.
Axborot bilan ishlash vositalari va usullarini takomillashtirish, shuningdek, MDH mintaqasi tashqi siyosat idoralarining bu boradagi o‘zaro yaqin hamkorligini ta’minlash imkoniyatlari muhokama qilingan.
“Maslahat ishtirokchilari yaqin ijobiy hamkorlikni, qolaversa, axborot sohasida muntazam fikr va tajriba almashish amaliyotini davom ettirishga kelishib oldi”, deyiladi Belarus TIV xabarida.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28