Mbappe PSJning taklifini rad etdi. Futbolchining otasi Parijda qolishga undamoqda
Sport
−
26 avgust 2021
3940PSJ’ning 22 yoshli hujumchisi Kilian Mbappe klub taklif qilgan ikkita yangi shartnomani rad etdi. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar tarqatdi.
Birinchisi, umumiy maoshi 125 million yevrodan iborat besh yillik shartnoma. Biroq fransiyalik futbolchi uni juda uzoq muddatli, deb hisoblagan. Ikkinchisi, 2024 yilgacha bo‘lgan shartnoma taklif qilindi, ammo Kilian bu taklifni ham rad etdi. Futbolchining otasi Vilfrid Mbappe PSJ bilan shartnomani uzaytirish tarafdori. U o‘g‘liga parijliklar taklifini qabul qilishni va 36 million yevro maoshga ega uch yillik shartnoma tuzishni maslahat bergandi.
Kilianning advokati Delfin Verxeyden futbolchining “Real”ga o‘tishini istamoqda va uni futbol tarixini yozish hamda o‘z merosini qoldirishga undamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “qaymoqranglilar” Kilian Mbappe uchun PSJga 160 million yevrolik rasmiy taklif bildirgan, ammo rad javobini olgandi. Agarda “Qirollik klubi” 200 million yevroga yaqin pul to‘lasa, parijliklar rahbariyati hujumchini sotish variantini ko‘rib chiqadi.
Ma’lumot uchun, Mbappe o‘tgan mavsumda Fransiya chempionatining 31 o‘yinida maydonga tushib, 27 gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
LiveBarchasi