Mbappe 2050 yilga qadar PSJda qoladimi?
Sport
−
22 dekabr 2021 5414 1 daqiqa
Avvalroq, joriy yilning 20 dekabr kuni PSJ hujumchisi Kilian Mbappe 23 yoshga to‘lgani haqida xabar bergan edik.
Mbappeni tabriklash uchun kelgan jamoa futbolchilari unga 2050-raqamli futbolkani sovg‘a qilishgan. Ushbu holat OAVda Kilianning klub bilan kelasi yili yakunlanadigan shartnomasini yangilashi mumkinligi bilan izohlanmoqda.

Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Kilian 2017 yildan beri jamoa safida o‘ynaydi. U “Monako”dan 180 million yevro yevaziga sotib olingan.
Joriy yilning avgust oyida Mbappe “Real”ga o‘tishi mumkin edi, ammo parijliklar Madrid klubining taklifini qabul qilmadi. Futbolchi agar “qaymoqranglilar” transferni amalga oshirishni yana taklif qilsa, klubini o‘zgartirishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda forvard barcha turnirlarda 21 ta o‘yin o‘tkazgan va 9 ta gol urib, 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.