Mast ayol 3 yoshar qizini 10-qavatdan uloqtirib yubordi
Olam
−
17:34 857 2 daqiqa
Rossiyaning Moskva viloyati Sergiyev Posad shahrida uch yoshli qizini ko‘p qavatli uy balkonidan uloqtirib yuborishda gumonlanayotgan 27 yoshli ayol o‘z aybini tan oldi va qilmishidan pushaymon ekanini bildirdi. Bu haqda “Moskovskiy Komsomolets” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea kecha, 10 avgust kuni Sergiyev Posad shahrida sodir bo‘lgan. Ayol uyda uch yashar qizi va sakkiz oylik farzandi bilan bo‘lgan. U qizini ushlab, balkon panjarasidan oshirib pastga uloqtirib yuborgan.
Uch yashar bola yuqori qavatdan tushib ketganiga qaramay tirik qolgan. Biroq u og‘ir jarohatlar olgan va reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar hozirda uning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda.
Qayd etilishicha, voqea vaqtida ayol mast holatda bo‘lgan. Shuningdek, tergov jarayonida unda tug‘ruqdan keyingi depressiya bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi ham taxmin qilinmoqda. Ayni vaqtda bu holat bo‘yicha yakuniy xulosa berilmagan.
Ayol hibsga olinib, unga nisbatan odam o‘ldirishga suiqasd qilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davomida huquq-tartibot xodimi ayoldan o‘z aybini tan oladimi va qilmishidan pushaymonmi, deb so‘ragan. U har ikki savolga ham ijobiy javob bergan. Hodisa yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Chjetszyan provinsiyasida 20 yoshli qiz sevgilisi bilan janjallashgandan so‘ng 18-qavatdagi xonadon balkonidan sakrab, omon qolgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi