Mast haydovchi IIV podpolkovnigining o‘limiga sabab bo‘ldi
Jamiyat
−
30 iyul 2020
23671Kecha, 29 iyul kuni Qoraqalpog‘istonda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida Ichki ishlar vazirligi podpolkovnigi vafot etdi. Bu haqda IIV xabar berdi.
YTH soat 01:40 larda Qo‘ng‘irot tumani hududidan o‘tuvchi A-380 G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu avtomagistral yo‘lining 868-869 km oralig‘ida yuz bergan. IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi tayanch punktlari profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Mansur G‘aniboyev va jamoatchilik asosida xizmat olib borayotgan fuqaro Janibek Tanatovning boshqaruvida bo‘lgan Nexia-1 rusumli avtomobilda xizmat olib borayotgan bo‘lgan.
Ular yo‘lning chetida turgan paytida, Qonliko‘l tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro K.B. mast holatda Nexia-3 avtomobilini yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishda boshqarib kelib, fuqaro J.Tanatovning Nexia-1 rusumli avtomashinasiga urilgan.
Mazkur yo‘l transporti hodisasi natijasida fuqaro J.Tanatovning avtomashinasida bo‘lgan Qo‘ng‘irot tumani IIB HPB TP profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Mansur G‘aniboyev olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.