Maşinasi bilan itlarni bosib ketgan haydovçi jazolandi (video)

3-sahifa

−

image

Toşkent şahrida avtomobilda itlarni bosib ketgan Lacetti haydovçisiga nisbatan çora körildi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 3 noyabr kuni ertalab soat 09:00 larda Temirkör mahallasi hududidagi içki yölda “25 A 915 OA” davlat raqam belgili Lacetti haydovçisi heç qanday sababsiz itlarni bosib ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Holat fuqarolarning keskin noroziligiga sabab bölgan.

Şundan söng, haydovçiga nisbatan huquqbuzarlik yuzasidan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş) 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylaştirildi.

Uşbu moddaga köra, hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölganlik uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 7 baravaridan 10 baravarigaça jarima belgilangan.

“Qilgan işimdan juda ham afsusdaman. Ozgina e’tiborsizligim sababli hammaning noroziligiga, e’tiroziga sababçi bölgan bu holat boşqa takrorlanmasligiga harakat qilaman”, deya afsusdaligini bildirgan haydovçi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida mast holatda qöşnisining muşugini böğib, oyoğini qayirgan erkak 7 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing