Marokash Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 30 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 final bahsida Marokash terma jamoasi Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, nimchorak final bosqichga yo‘l oldi. 

O‘yinning asosiy va qo‘shimcha vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Niderlandiya safida 72-daqiqada Kodi Gakpo hisobni ochgan bo‘lsa, Marokash terma jamoasi 90+1-daqiqada Issa Diopning goli evaziga muvozanatni tikladi.

Penaltilar seriyasida esa Marokash futbolchilari aniqroq harakat qilib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdan keyin Kodi Gakponing golni nishonlamagani ham e’tibor markazida bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining turmush o‘rtog‘i yaqinda homiladorlik davrida farzandini yo‘qotgan. Shu sababli Gakpo gol urganidan keyin his-tuyg‘ularini yashira olmadi va uni nishonlamaslikka qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, Marokash guruh bosqichini “C” guruhida ikkinchi o‘rin bilan yakunlagan bo‘lsa, Niderlandiya “F” guruhida peshqadam bo‘lgan edi.

Marokash endi 1/8 finalda Kanada terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv joriy yilning 4 iyul kuni AQSHning Texas shtati, Xyuston shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing