Markaziy Osiyo va Kavkaz uchun yangi investitsiya alyansi tashkil etilmoqda
Jamiyat
−
17 iyun 1872 2 daqiqa
Toshkent xalqaro investitsiya forumida Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tashabbusi bilan Markaziy Osiyo va Kavkaz investitsiya kengashlarining mintaqaviy alyansi tashkil etilishini o‘z vaqtida qabul qilingan muhim qaror sifatida baholadi.
Davlat rahbarining qayd etishicha, bozor qanchalik katta va iqtisodiy qoidalar qanchalik uyg‘unlashgan bo‘lsa, mintaqada investitsiyalar oqimi shunchalik ortib boradi. Shu ma’noda, ushbu tashabbus kelgusida umumiy investitsiya makonini shakllantirish yo‘lida muhim dastlabki qadam bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlangan.
Prezident investitsiya faqat iqtisodiy resurs emas, balki ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy bilim va tajriba, yangi ish o‘rinlari hamda taraqqiyotning asosiy drayveri ekanini alohida qayd etgan.
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga katta ishonch va g‘oyalar bilan kelayotgan xorijiy sarmoyadorlar uchun Yangi O‘zbekistonning eshiklari doimo ochiq bo‘lib qoladi.
“Prezident sifatida shaxsan o‘zim va Hukumatimiz sizlar bilan yonma-yon bo‘lishga doim tayyormiz”, dedi davlat rahbari.
Yakunda Prezident Toshkentning investitsiya muhiti mintaqaviy hamkorlik va umumiy muvaffaqiyat ramziga aylanishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, O‘zbekistonning go‘zal tabiati, boy madaniyati va mehmondo‘st xalqi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlovchi muhim omil ekanini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent xalqaro investitsiya forumida Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivojida turizm va zamonaviy agrosanoat iqtisodiyotning asosiy drayver yo‘nalishlaridan biriga aylanganini ta’kidlagandi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust