Manuel Pellegrini tarixiy rekord o‘rnatishi mumkin

Sport

image

Ispaniya La Liganing 7-turdan o‘rin olgan “Betis” va “Osasuna” bahsi sevilyaliklar bosh murabbiyi Manuel Pellegrini uchun tarixiy bo‘ladi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng mutaxassis klub tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan murabbiyga aylanadi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Joriy yilning 24 sentyabr kuni “Nottingem Forest”ga qarshi bahsda Pellegrini “Betis” safida 263-rasmiy uchrashuvini o‘tkazib, Lorenso Serra Ferrerning rekordini takrorladi. Endi esa Pellegrini ko‘rsatkichni yangilab, klub tarixiga kirishga yaqin turibdi.

Pellegrini 2020 yil yozida “Betis”ni qabul qilib olganidan beri uning qo‘l ostida klub La Ligada bir marta beshinchi, uch marta oltinchi va bir marta yettinchi o‘rinni egalladi. Eng yirik yutuqlardan biri esa 2022 yil aprelida 17 yillik tanaffusdan so‘ng Ispaniya kubogini qo‘lga kiritish bo‘ldi.

Pellegrini nafaqat natijalar, balki o‘yinga o‘ziga xos uslub olib kirgani, jamoaga shaxsiyat bergani va nomdor futbolchilarni Fekir, Isko, Xoakin, Kanales, Bartra, Gvido Rodriges, Vilyam Karvalyu kabi futbolchilar uning davrida jamoa safiga kelib qo‘shildi. Murabbiy va klub rahbariyati o‘rtasida shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Pellegrini shogirdlarining Ispaniya La Ligasi 7-turidan o‘rin olgan “Osasuna” klubiga qarshi uchrashuvi joriy yilning 28 dan 29 sentyabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

La Liga Ispaniya Manuel' Pellegrini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing