“Manchester Siti” Semeno transferini e’lon qildi
Sport
−
09 yanvar 4007 1 daqiqa
“Manchester Siti” jamoasi “Bornmut” qanot hujumchisi Antuan Semenoning transferini e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar besh yarim yillik shartnoma imzoladi. Endilikda 26 yoshli futbolchi “Manchester Siti” safida 42-raqamda harakat qiladi. Futbolchining transfer narxi esa 75 million yevroni tashkil etadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ganalik futbolchi “shaharliklar” safiga qo‘shilish uchun Premer-liganing to‘rtta klubi “Chelsi”, “Tottenxem”, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” takliflarini rad etib, aynan “Manchester Siti”ga qo‘shilishga qaror qilgan. Uning qarorida ispaniyalik murabbiy Pep Gvardiola qo‘l ostida to‘p surish istagi muhim rol o‘ynagan.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Semeno joriy mavsumda Premer-liga doirasida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28