“Manchester Siti” Husanov transferini qachon e’lon qilishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
13 yanvar 2025 52030 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” klubi o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning transferini 24-28 soat ichida rasman e’lon qiladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “shaharliklar” rasman 14 yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov transferini e’lon qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, ikki tomon o‘rtasidagi shartnoma 5+1 sxemasida tuzildi. O‘zbekistonlik futbolchi “shaharliklar”ga bonuslarni hisobga olgan holda 50 million yevroga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, 11 yanvar kuni insayder o‘z X sahifasida Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tganini tasdiqlagandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025