“Man Siti”ning yetakchi futbolchisi keyingi mavsumni Amerika klubida boshlaydi
Sport
−
24 fevral 2025 5118 1 daqiqa
“Manchester Siti”ning belgiyalik futbolchisi Kevin de Bryuyne klub bilan shartnomasi yakunlangach, faoliyatini Amerikaning “San-Diyego” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “TBR Football” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “San-Diyego” “Manchester Siti” afsonasi Kevin De Bryuyneni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Garchi Saudiya klublarining mo‘may takliflariga qaramay, Amerika klubi futbolchi transferida yetakchi bo‘lib turibdi.
“Shaharliklar” esa de Bryuynega o‘rinbosar sifatida “Atalanta” yarim himoyachisi, 23 yoshli belgiyalik futbolchi Sharl de Ketelareni ko‘rmoqda va hozirda “Siti” futbolchi transferi ustida ish olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli de Bryuynening “Manchester Siti” bilan shartnomasi shu yil yozda nihoyasiga yetadi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, yarim himoyachining qiymati 35 million yevroni tashkil qiladi. Joriy mavsumda futbolchi Siti safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta assist muallifiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Siti” ustozi Pep Gvardiolaga Saudiya Arabistonidan taklif bo‘lgani xabar qilingandi.