Makronning Falastinni tan olishi hech vaqoni anglatmaydi – Tramp (video)
Olam
−
25 iyul 2025 4000 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Fransiya yetakchisi Emmanuel Makronning Parijning Falastin davlatini tan olishga tayyorligi haqidagi so‘zlari hech qanday ahamiyatga ega emasligini aytdi. Bu haqda u bugun, 25 iyul kuni Oq uyning janubiy maysazorida jurnalistlar bilan suhbatda so‘z ochdi.
“Bu bayonotning ahamiyati yo‘q. U yaxshi yigit, menga yoqadi. Lekin bu bayonot og‘ir tosh bosmaydi”, dedi Tramp jurnalistlarga Makronning so‘zlariga izoh berish so‘roviga javoban.
Kecha, 24 iyul kuni Fransiya Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining sentyabrdagi sessiyasida mamlakati Falastin davlatini rasman tan olishini ma’lum qildi.
2024 yilda Yaqin Sharqdagi vaziyat yomonlashgani sababli, Irlandiya, Ispaniya va Norvegiya hukumatlari Falastin davlatini tan olishlarini e’lon qilishdi. Bunga javoban Isroil Dublin, Madrid va Oslodagi elchilarini maslahatlashuvlar uchun chaqirib olganini e’lon qildi. Shu bilan birga, Irlandiya, Ispaniya va Norvegiya diplomatik vakolatxonalari rahbarlari yahudiy davlati Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakati bu qadamni keskin qoralashi va Falastin davlati tashkil etilishini o‘z xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘rishini aytdi. AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ham Qo‘shma Shtatlar Fransiyaning Falastin davlatini tan olish niyatida qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025