Maxsus komissiya koronavirusga qarshi qator cheklovlarni bekor qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan koronavirusga qarshi bir qator talablarning amal qilishi to‘xtatildi.

Komissiya qarori bilan bugun, 16 martdan boshlab, O‘zbekistonga kirib keluvchilar respublikaga tashrif buyurishidan kamida 48 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR-testi natijasi bo‘yicha manfiy natijali ma’lumotga ega bo‘lishi talabi bekor qilinmoqda.

Endilikda xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilarga tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo‘lgan taqdirda, ulardan PZR test natijasi hamda koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishi talabi qo‘yilmaydi.

Buning o‘rniga, tashrif buyuruvchilar tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo‘lmagan taqdirda respublikaga tashrif buyurishidan kamida 72 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi, yoki chegara utish punktlarida ekspress-antigen test topshirishi bo‘yicha manfiy natijali ma’lumotnomaga (elektron QR code) ega bo‘lishi shart qilib belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

376

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made