Madridda NATOga qarshi namoyish o‘tkazildi (fotoreportaj)
Olam
−
27 iyun 2022
14099Joriy yilning 28-30 iyun kunlari Madridda o‘tkazilishi rejalashtirilgan NATO sammiti arafasida minglab odamlar alyans siyosatiga qarshi norozilik bildirish uchun Ispaniya poytaxti ko‘chalariga chiqdi.
“Tinchlik uchun: NATO yo‘q!” shiori ostidagi aksiya Ispaniyaning so‘llar siyosatchilari va bir qator nohukumat tashkilotlarning chaqirig‘i bilan bo‘lib o‘tkazildi.
Tashabbusni, jumladan, hukmron koalitsiya – Unidas Podemos tarkibiga kiruvchi “Birlashgan so‘llar” (IU) va “Podemos” (Biz qila olamiz) vakillari qo‘llab-quvvatlagan.
Madrid markazida marsh uyushtirgan namoyishchilar NATOga qarshi plakatlar ko‘tarib, “Urushlar yo‘q!”, “NATO yo‘q!”, “NATO bazalari ketsin!”, “Mudofaa uchun mablag‘ sarflash o‘rniga maktablar va shifxonalar quringlar!” degan shiorlarni aytishgan.
Namoyishchilarning fikricha, Madriddagi NATO sammiti dunyoda urush kayfiyatini kuchaytiradi. Ispaniya poytaxtida NATO sammitining o‘tkazilishi Ispaniya hukmron koalitsiyasidagi hamkorlar o‘rtasida ham kelishmovchiliklarni keltirib chiqargan.
Unidas Podemos alyansiga aloqador bo‘limlar rahbarlari NATO siyosatini tanqid qilib, bo‘lajak sammitga norozilik bildirgan.
Ayni paytda, Ispaniya Mudofaa vaziri Margarita Roble, Sotsialistik ishchilar partiyasi vakili, NATO muxoliflari qirollikda “aniq ozchilik”ni tashkil etishini aytgan.
“Men namoyishchilarni hurmat qilaman, ammo tinchlik ular kurashayotgan narsa emas. Biz hammamiz tinchlik uchun harakat qilamiz”, degan u.
Ma’lumot uchun, Madriddagi sammitda NATO davlatlarin Ukrainadagi urush va alyansning Rossiyaga nisbatan munosabatini belgilab olishi kutilmoqda.
LiveBarchasi