Mahbuslar soni bo‘yicha reyting e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Bu qiziq

image

Mahbuslar soni bo‘yicha mamlakatlar reytingi e’lon qilindi. Jinoyatchilik va adolat siyosati tadqiqotlari instituti ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har 100 ming aholiga 85 nafar qamoqda saqlanayotgan shaxs to‘g‘ri keladi. Bu haqda Jinoyatchilik va adolat siyosati tadqiqotlari instituti xabar qildi.

Tadqiqotda mamlakatlardagi qamoqxona aholisi soni har 100 ming kishiga nisbatan hisoblangan. Reytingda ayrim davlatlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar sezilarli darajada farq qilgani qayd etilgan.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Turkmanistonda har 100 ming aholiga 576 nafar (4-o‘rin), Qozog‘istonda 163 nafar (103-o‘rin), Tojikistonda 145 nafar (112-o‘rin), Qirg‘izistonda 112 nafar (145-o‘rin) mahbus to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston esa 85 nafar mahbus ko‘rsatkichi bilan 166-o‘rindan joy olgan.

Dunyo bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Salvador davlatida qayd etilgan. U yerda har 100 ming aholiga 1659 nafar mahbus to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarda Kuba (794 nafar) va Ruanda (620 nafar) joylashgan.

Rivojlangan davlatlar orasida AQSH yuqori ko‘rsatkichlardan birini egallagan – har 100 ming aholiga 542 nafar mahbus to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Avstraliyada bu ko‘rsatkich 170 nafar, Buyuk Britaniyada 138 nafar, Fransiyada 126 nafar, Germaniyada 71 nafar, Kanadada 90 nafar, Yaponiyada esa 33 nafarni tashkil etgan.

Qo‘shni davlatlardan Rossiyada har 100 ming aholiga 300 nafar, Turkiyada 468 nafar, Xitoyda 119 nafar mahbus to‘g‘ri kelishi qayd etilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent Markaziy Osiyoda yashash narxi eng qimmat bo‘lgan uchinchi shaharga aylangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing