Lukashenko Shavkat Mirziyoyev spirtli ichimlik ichmasligini aytdi
Jamiyat
−
10:05 9006 1 daqiqa
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning aytishicha, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv chog‘ida davlat rahbarlari spirtli ichimlik ichmagan – faqat sharbat ichishgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 iyul kuni ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Minskka bordi. Shu kuni kechqurun davlat rahbarlari yakkama-yakka uchrashuv va norasmiy kechki ovqat o‘tkazgan. 9 iyul kuni ikki davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tgan.
Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng birgalikda suratga tushish marosimi o‘tkazildi. Suratga tushib bo‘lgach, tik oyoqda jurnalistlar bilan muloqot qilgan Prezident Lukashenko “Ahvolimiz yaxshimi, qanday ko‘rinyapmiz?” deb so‘ragan.
“Ko‘rinishimiz yaxshi, shundaymi? Kecha ichmadik. Sharbat, faqat sharbat. [O‘zbekiston] prezidenti ichmaydi”, deya hazillashgan Belarus rahbari.
Eslatib o‘tamiz, muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi.
Live
Barchasi