Lukashenko Putin bilan “hamtovoq” – G7 yetakchilari

Olam

image

“Katta yettilik” guruhi mamlakatlari Belarus va Rossiya qo‘shinlarining mintaqaviy guruhining kiritilishi munosabati bilan Minskni Ukrainada harbiy bosqinda Moskvaga yordam berishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda 11 oktyabr G7 yetakchilarning onlayn formatda o‘tgan favqulodda yig‘ilishida so‘z bordi. 

“Rossiya bilan qo‘shma harbiy guruh tuzilgani haqidagi e’lon Belarus rejimining Rossiya bilan sherikligining so‘nggi namunasidir. Biz yana Lukashenko rejimini xalqaro huquq bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarishga chaqiramiz”, deyiladi yetakchilar qabul qilgan hujjatda.  

Katta yettilik davlatlari Minskni Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi qurolli bosqiniga yordam berishni to‘xtatishga ham chaqirdi. 

Avvalroq Lukashenko Kiyevning Belarusga qarshi front ochish iddaosi bilan chiqib, bu harakatni “harbiy nuqtai nazardan aqldan ozish” ekanligini, ammo jarayon boshlanganini aytdi. U hozirgi vaziyatda rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan qo‘shinlarning qo‘shma mintaqaviy guruhini joylashtirish bo‘yicha kelishib olganini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu guruhni shakllantirish ishlari ikki kundan beri davom etmoqda.

Shuningdek, Lukashenko Belarusda 1000 dan ziyod rossiyalik harbiylarni joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rishga ko‘rsatma berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin G7

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing