Lukashenko kartoshka yig‘imi bilan hazillashmaslikni talab qildi (video)
Olam
−
19 iyul 8107 2 daqiqa
Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko mamlakat aholisining g‘azabiga uchramaslik uchun respublikadagi kartoshka yig‘im-terimini tanqid qildi. Bu haqda u kecha, 18 iyul kuni o‘rim-yig‘im bilan bog‘liq yig‘ilishda so‘z ochdi.
Davlat rahbari ayrim kasallik kartoshka ekinlariga zarar yetkazishi mumkinligidan xavotirda ekanini aytdi. Shuningdek, u Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri Yuriy Gorlovga o‘tgan yili sabzavot hosili bilan bog‘liq muammolarni eslatib, bu masalaga jiddiy yondashishga chaqirdi.
“Bugun hazillashib bo‘lmaydi! O‘tgan yili kartoshka bilan hazillashgandik – xalqdan tanbeh eshitdik”, degan Lukashenko.
Vazir Gorlovga ko‘ra, haddan tashqari namlanish tufayli mas’ullar qayerdadir xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lishi mumkin, ammo hosil o‘tgan yilgidan yaxshi bo‘lishi kutilmoqda – bir million tonnadan kam emas.
“O‘tgan yili 780 ming tonna kartoshka olgan bo‘lsak, bu yil hisob-kitoblarimiz bo‘yicha million tonnadan kam bo‘lmasligini rejalashtirganmiz”, degan Gorlov.
Joriy yilning bahor mavsumida belarusliklar ijtimoiy tarmoqlarda do‘konlarga sifatli va arzon Belarus kartoshkalarini yetkazib berishdagi uzilishlar haqida shikoyat qilgandi. Lukashenko rasmiylarga vaziyatni normallashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berib, belarusliklarni yangi hosilga qadar kartoshkasiz qolmasligiga ishontirdi. May oyining oxirida Lukashenko Belarus va Rossiya uchun yetarli miqdorda kartoshka yetishtirish kerakligini aytgandi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda peshtaxtalardagi kartoshka taqchilligi sun’iy ravishda yuzaga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq belaruslik Aleksandr Lukashenko mamlakatda kartoshka yetishtirish hajmini oshirish zarurligini ta’kidlab, bu kartoshka Belarusning o‘ziga ham, Rossiyaga ham yetishi kerakligini aytgandi.
Live
Barchasi