Lukaku Turkiya klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi

Sport

image

Italiyaning “Napoli” jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku Turkiyaning  “Fenerbahche” klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi. Bu haqda insayder Matteo Moretto xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 33 yoshli belgiyalik futbolchi va turkiyalik klub transferning shaxsiy shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan. Hozirda “Fenerbahche” “Napoli” bilan muzokara olib bormoqda.

Turkiya klubi hujumchi uchun birinchi taklifini allaqachon bildirgan – taxminan 6 million yevro. Shu bilan birga, “Napoli” Lukaku uchun qariyb 12 million yevro olishni rejalashtirmoqda.

Belgiyalik futbolchining “Napoli” bilan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi. Avvalroq, Lukaku jamoaning mavsumoldi yig‘inlariga qo‘shilmagani va “Napoli” uni 10 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Lukaku “Napoli” safida beshta uchrashuvda maydonga tushib, bir gol urgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing