“Liverpul” futbolchisi terma jamoa chaqiruvini rad etdi
Sport
−
12 noyabr 2025 7041 2 daqiqa
Angliyaning “Liverpul” jamoasi futbolchisi Federiko Keza Italiya terma jamoasining chaqiruvini rad etdi. Terma jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo bu xabarni tasdiqladi. Bu haqda “Cadena SER” nashri xabar berdi.
“Men Keza bilan tez-tez gaplashaman. Har bir insonning qarorlarini va hayotdagi duch keladigan muammolarini hurmat qilishimiz kerak. Men u bilan nimani muhokama qilayotganimni bilaman va uning fikrini hurmat qilaman. Bu Kezaning navbatdagi qarori. Boshqa hech narsa deya olmayman”, deydi Gattuzo.
Italiyaning 2021 yilgi Yevropa chempionatidagi g‘alabasida muhim rol o‘ynagan K’eza 2022 yilda “Yuventus”da chap tizzasidagi xoch bog‘lamidan jarohat olib, ma’lum muddat o‘yinlarda ishtirok etolmaydi. 2024 yilda “Yuventus” Kezani tarkibdan chiqarishi ortidan futbolchi “Liverpul” safiga borib qo‘shilgan edi.
K’eza Italiya terma jamoasida oxirgi marta 2024 yilning iyun oyida Yevropa chempionatida 1/8 final bosqichida maydonga tushgan edi. Futbolchi joriy mavsumda “Liverpul” safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, Italiya terma jamoasi Jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoniyatini saqlab qolish uchun guruhdagi oxirgi ikki o‘yinda yirik g‘alaba qozonib, Norvegiyani to‘plar nisbati bo‘yicha ortda qoldirishi kerak. Italiya birinchi uchrashuvni joriy yilning 13 noyabr kuni Moldova poytaxti Kishinyovda, ikkinchi o‘yinni esa Milanda Norvegiyaga qarshi o‘tkazadi.
Live
Barchasi