“Liverpul” APLning eng qimmat hujumchilaridan birini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Sport
−
18 fevral 2025 2394 1 daqiqa
“Liverpul” “Nyukasl” markaziy hujumchisi Aleksandr Isakning transferiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda futbol jurnalisti Akrom Konur X sahifasida ma’lum qildi.
Arne Slot shogirdlari mavsum oxirida Darvin Nunesni almashtirishni istamoqda va transfer maqsadlarini allaqachon aniqlab bo‘lgan. 25 yoshli Isak “Liverpul”ning asosiy transfer maqsadlaridan biri.

Joriy mavsumda shvetsiyalik futbolchi barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil qiladi.
Shuningdek, Isak xizmatlariga hamon Kataloniyaning “Barselona” klubi qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” “Liverpul”ning niderlandiyalik yetakchisi Virjil van Deykni o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi xabar qilingandi.