“Lester”dan 6 ochko olib qo‘yildi
Sport
−
15:08 949 1 daqiqa
Angliyaning “Lester Siti” jamoasi daromad va barqaror o‘sish bilan bog‘liq moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblandi va klubdan Chempionship turnirida olti ochko olib tashlandi. Bu haqda Angliya futbol ligasining (EFL) rasmiy saytida xabar berildi.
Liga rasmiylari “Lester”ning moliyaviy hujjatlarini ko‘rib chiqqanidan so‘ng klub 2023-2024 mavsumida tugaydigan uch yillik davr uchun moliyaviy talablarga rioya qilmaganini aniqlagan. Natijada jamoadan 6 ochko olib tashlangan va klub Chempionship turnir jadvalida 20-o‘ringa tushib qoldi.
Ma’lumot uchun, “Lester” 2025-2026 yilgi mavsumida Chempionshipda ochkolar olib tashlangan ikkinchi klubga aylandi. Avval “Sheffild Uensdey” 18 ochko bilan shunday holatni boshdan kechirgan.
“Boyqushlar” laqabini olgan jamoa mavsum boshidan beri liga jadvalida 7 ochko bilan oxirgi o‘rinni egallab kelmoqda.
Ma’lumot uchun, “Lester” 2015-2016 yilgi mavsumni autsayder sifatida boshlagan bo‘lsa-da, sensatsion tarzda Premer-liga chempioniga aylangandi. Klub 2021 yilda tarixida ilk bor Angliya kubogini ham qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi