Lenart Karl Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi
Sport
−
06 iyun 787 1 daqiqa
“Bavariya” va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Lenart Karl jarohati tufayli 2026 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.
Futbolchi avvalroq mashg‘ulotlar paytida jarohat olgan edi. Bu haqda Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann ma’lum qilgan. Endi esa, Karlga mushaklari yorilishi tashxisi qo‘yilgani xabar qilindi.
Shu sababli yarim himoyachi Jahon chempionatiga tayyor bo‘lmaydi. Uning o‘rnini Germaniya terma jamoasi tarkibida “Leypsig” futbolchisi Assane Uedraogo egallaydi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi “E” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Kyurasao, Kot-d’Ivuar va Ekvador terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina terma jamoasining yarim himoyachisi Niko Pas yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi