Kurdlar Parijni boshiga ko‘taryapti: to‘palonlarda 31 politsiyachi jarohatlandi (fotogalereya)
Olam
−
25 dekabr 2022
13821Fransiyada Kurd madaniyat markazi yaqinida o‘ldirilganlar uchun motam marosimi chog‘ida kurd jamiyati vakillari bilan politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Oqibatda 11 kishi hibsga olindi, 31 politsiyachi yaralandi. Bu haqda “BFMTV” telekanaliga Parij politsiyasi boshlig‘i Loran Nunes ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha politsiya xodimlari yengil darajada jarohatlangan va 11 kishi asosan yetkazilgan zarar uchun hibsga olingan.
Uning ta’kidlashicha, tartibsizliklar paytida to‘rtta politsiya mashinasi ag‘darilib, ulardan biri yoqib yuborilgan. Politsiyachilarga turli xil snaryadlar otilgan.
Nunesga ko‘ra, motam marosimlari odatdagidek boshlangan, biroq keyin provokatsiya uyushtirilgan. U turk bayroqlari ilingan furgon namoyishchilar oldidan o‘tib ketganini eslatgan.
"Bu yoshlarni g‘azablantirdi", deydi Nunes .
Eslatib o‘tamiz, Parijda 69 yoshli erkak kurd madaniyat markazi, restoran va sartaroshxonaga hujum qilgani haqida xabar bergandik. Shundan so‘ng, kurdlar markazi hududida kurd jamiyatining norozilik namoyishlari boshlanib ketgan.
LiveBarchasi