Kuman O‘zbekistonga qarshi uchrashuvida asosiy tarkibini sinab ko‘rmoqchi

Sport

image

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan kelasi hafta Yaponiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatining ochilish o‘yini oldidan asosiy tarkibni shakllantirish uchun foydalanmoqchi ekanini aytdi. Bu haqda Kuman o‘yin oldidan matbuot anjumanida aytib o‘tdi. 

Kumanning ma’lum qilishicha, Niderlandiya terma jamoasining qolgan futbolchilari ikkinchi bo‘limda ishtirok etadi.

“Biz birinchi o‘yindan imkoni boricha kamroq o‘zgarishlar qilish uchun foydalanmoqchimiz. Bu reja qanchalik ish berishini ko‘ramiz”, deydi Kuman uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida.

Shuningdek, niderlandiyalik mutaxassis ushbu bahsning ikkinchi bo‘limida zaxira futbolchilariga ham imkoniyat berishini aytib o‘tdi.

“Birinchi bo‘limni asosan asosiy tarkibimiz bilan o‘tkazamiz. Ikkinchi bo‘limda esa zaxira o‘yinchilari bilan. Bu hali to‘liq tayyor bo‘lmagan va ikkinchi bo‘limda o‘ynashi mumkin bo‘lgan futbolchilar uchun ham yaxshi imkoniyat. Bizda 26 nafar futbolchi bor va har biri o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi. Aynan shunday bo‘lishini xohlaymiz”, deydi murabbiy.

Shuningdek, Kuman joriy yilning 30 may kuni “Arsenal” safida Chempionlar ligasi finalida ishtirok etgan himoyachi Yurriyen Timber borasida hali yakuniy qaror qabul qilinmagan. U mart oyidan beri jarohat sabab maydonga tushmagan edi va uning jismoniy holati hozir ham savol ostida qolmoqda.

Niderlandiya terma jamoasi Jahon chempionatining “F” guruhida ishtirok etadi va o‘z yurishini 14 iyun kuni Dallas shahrida Yaponiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi.

O‘zbekiston terma jamoasi esa “K” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, mundialni 17 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Niderlandiya Ronal'd Kuman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing