Koreyada zavod yonishidan o‘zbekistonliklar jabrlandimi?

Jamiyat

image

Avvalroq, Janubiy Koreya Respublikasining Tejon shahridagi avtoqismlar ishlab chiqarish zavodida yirik yong‘in sodir bo‘lgan edi. Ushbu hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining doimiy nazoratida bo‘lib, Koreya Respublikasidagi diplomatik vakolatxona orqali tegishli idoralar bilan yaqin hamkorlikda ishlar davom ettirilmoqda.

Zarurat yuzaga kelgan taqdirda, fuqarolar mamlakatning Koreya Respublikasidagi elchixonasiga tezkor aloqa raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin:

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi:

  • +82 10 3213 4505
  • +82 10 2909 4334

Eslatib o‘tamiz, yong‘in boshlangan vaqtda zavodda 170 nafar ishchi bo‘lgan. Jabrlanganlarning ko‘pchiligi, jumladan, og‘ir jarohat olgan 24 kishi zaharli gazdan nafas olgan yoki binodan yiqilib tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Janubiy Koreya Tejon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing