Konstitutsiyaviy sud sudyasi 9-qavatdan yiqilib halok bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 13 yanvar kuni Tojikistonda Konstitutsiyaviy sud sudyasi Jamshid Jamshidzoda to‘qqizinchi qavatdan yiqilishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “AsiaPlus” xabar berdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu holat baxtsiz hodisa oqibati yoki o‘z joniga qasd qilish ekani hozircha aniq emas. Politsiya vakili qo‘shimcha ma’lumot berishdan bosh tortib, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan.

52 yoshli Jamshidzoda 2019 yilda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon taklifiga binoan Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati uchun ajratilgan kvota asosida Konstitutsiyaviy sud sudyasi etib tayinlangan.

Bunga qadar u uzoq yillar davomida mamlakatning ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat yuritgan, 2011–2019 yillarda Markaziy saylov komissiyasi a’zosi bo‘lgan. U yuridik fanlar nomzodi edi. Marhumning uch nafar farzandi bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 22 yoshli yigit 16 qavatli uyning tomidan o‘zini tashlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Konstitutsiyaviy sud sud'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing