Kompartiya bosh kotibi Vetnam Prezidenti etib qayta saylandi

Olam

image

Bugun, 7 aprel kuni Vetnam Milliy assambleyasi mamlakat Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi bosh kotibi To Lamni besh yil muddatga prezidentlik lavozimiga tayinlashni bir ovozdan tasdiqladi. Bu haqda “Znews.vn” xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tegishli rezolyutsiya uchun hozir bo‘lgan 495 nafar deputatdan 495 nafari ovoz bergan, bu parlament a’zolari umumiy sonining 99 foizini tashkil etadi. Saylanganidan so‘ng To Lam qasamyod keltirib, Konstitutsiyaga, davlatga va Vetnam xalqiga sodiqligini, shuningdek, zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishga tayyorligini bildirgan.

Prezident lavozimga kirishish nutqida siyosiy barqarorlikni saqlash, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va aholi turmush darajasini oshirishni ustuvor vazifalar qatorida belgilab olgan. U, shuningdek, mintaqaviy va global barqarorlikni ta’minlashda Vetnam rolini kuchaytirish zarurligini ta’kidlagan.

“Bizning eng asosiy maqsadimiz taraqqiyotdan  kommunist Vetnam xalqining barcha qatlami bahramand qilish va ularning hayotini yaxshilashga qaratilgan”, deydi To Lam.

Ma’lumot uchun, To Lam 1957 yilda Xinen provinsiyasida tug‘ilgan. Xalq xavfsizligi akademiyasini tamomlagan va Jamoat xavfsizligi vazirligi departamenida oddiy askarlikdan rahbarlik lavozimlarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Vetnam Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining bir necha chaqiriqlari a’zosi. Shuningdek, u jamoat xavfsizligi vaziri lavozimida ishlagan, 2024 yilda esa “etik qoidabuzarliklar” tufayli iste’foga chiqqan Vo Van Txiong o‘rniga Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti etib saylangan. Ko‘p o‘tmay u Kompartiya bosh kotibi etib saylangan, 2026 yil yanvarida esa ushbu lavozimga qayta saylandi va unda 2031 yilgacha qoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Myanmada inqilobchi va harbiy hunta yetakchisi general Min Aun Hlayn mamlakat Prezidenti etib saylangani haqida xabar berilgan yedi.

Hojiakbar Muhammadjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

V'etnam To Lam Kompartiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing