Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga qur’a tashlandi
Sport
−
06 dekabr 2024 11038 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” klubi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichida Italiyaning “Yuventus” klubi bilan o‘ynaydi. Bu haqda kecha, 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan qur’a tashlash marosimida ma’lum bo‘ldi.
Jamoalar “G” guruhidan joy oldi. “Man Siti” va “Yuventus”ga guruhda Marokashning “Vidad” va BAAning “Al-Ayn” klublari raqib bo‘ladi.

2025 yilgi turnir iyun-iyul oylarida AQSHning 11 shahrida o‘tkaziladi. 32 ta ishtirokchi jamoa 8 ta guruhga bo‘lingan. Klublar guruh bosqichida har bir raqib bilan bittadan o‘yin o‘tkazadi va har bir to‘rtlikdan ikkitadan jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi. Ilgari klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati qishda o‘tkazilib, musobaqada eng nufuzli konfederatsiya turnirlarining g‘olib jamoalari ishtirok etishardi.
2025 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finali 13 iyul kuni Nyu-Jersi stadionida bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025