Kiyimining ichiga 30 bosh qushni yashirgan “uddaburon” fosh etildi
3-sahifa
−
24 noyabr 2025 5782 1 daqiqa
Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona postida qo‘shni mamlakatdan olib kirilayotgan 30 ta sa’va qushi to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, chegara postidan o‘tayotgan fuqaroning harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortgan. Ushbu shaxs inson tanasini skaner qiluvchi maxsus qurilmadan o‘tkazilganda, tasvirlarda shubhali konturlar aniqlangan.
Shundan so‘ng, mazkur holat asosida fuqaro belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida og‘zaki so‘rovda aytilmagan va deklaratsiya qilinmagan fuqaro egnidagi kiyimining ichki qismiga yashirilgan 30 bosh sa’va qushi borligi fosh etilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruvlar olib borilmoqda.
“Ayni kunlarda Samarqand shahrida Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya (CITEC) Tomonlar konferensiyasining bo‘lib o‘tayotganini inobatga olsak, bunday qonunbuzarliklarning oldini olish yana-da dolzarb ahamiyat kasb etmoqda” deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrida primatlar oilasiga mansub, inglizcha nomi Ring-tailed Lemur (Lemur katta halqali) bo‘lgan noyob hayvonlarni noqonuniy sotayotgan shaxs ushlangan edi. Olib qo‘yilgan lemur joriy yilning 3 noyabr kuni Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislari tomonidan vaqtincha karantin sharoitida saqlash uchun qabul qilib olingan.
Komila Qobilova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025